O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

06.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

05.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi.

Hamyurtlarimiz qishki Universiada o‘yinlarida ishtirok etishadi

05.01.2023SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Joriy yilning 12-22-yanvar kunlari AQShning Leyk-Plesid shahrida XXX Butunjahon qishki Universiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

04.01.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Xitoy Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

04.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2023-yil 4-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV rahbari AQSH Elchisini qabul qildi

04.01.2023SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.

Xalqlar do‘stligi ulug‘landi

31.12.2022JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmalari tashabbusi bilan Nukus shahrida Yangi yil bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi bilan telefon orqali muloqot qildi

29.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi

29.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev raisligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

XVJ O‘zbekistonni JSTga kirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor

29.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari Badriddin Abidov Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekistondagi doimiy vakili Kevin Ross bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Turkiya va Xitoyning yirik energetika kompaniyalari O‘zbekistonda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quradi

29.12.2022IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro tender savdolari yakunlanib, g‘olib kompaniyalar aniqlandi.

O‘zbekiston-Rossiya TIVlararo maslahatlashuvlari to‘g‘risida

26.12.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Maqsad bir milliard dollar yoki qo‘shni davlatlar iqtisodiy hamkorligidagi yil sarhisobi

26.12.2022SiyosatManba: O'zA

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilning 11 oyida qariyb 503 million dollarni tashkil etdi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga ko‘pdir, deyiladi Tojikiston statistika agentligi tarqatgan ma’lumotda.

O‘zbekiston va Ozarbayjon ko‘p qirrali hamkorlikni kuchaytirmoqda

25.12.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarbayjonga tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi. 

O'zbekiston mehmonxonalar uyushmasi hamkorlarining biznes nonushtasi bo‘lib o‘tdi

25.12.2022TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

24-dekabr kuni Toshkentdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida O'zbekiston mehmonxonalar uyushmasi hamkorlarining biznes-nonushtasi tashkil etildi.

Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi

24.12.2022SiyosatManba: «Xalq So'zi»

Oʻzbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Afg‘on xalqi O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordamini qabul qilib oldi

22.12.2022JamiyatManba: O'zA

Hozirgi murakkab sharoitda yon qo‘shnilarimiz, dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni amalga oshirish keyingi yillarda davlatimiz belgilab olgan vazifalarning eng muhim ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

22.12.2022JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Strategik sheriklikni mustahkamlash va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolandi

22.12.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston-Qozog‘iston sammiti yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Amaliy natijalarga erishish yakdil maqsadimizdir

16.12.2022Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Bugun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi-Sangni qabul qildi.