O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XVJ O‘zbekistonni JSTga kirishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor

2022-12-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari Badriddin Abidov Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) O‘zbekistondagi doimiy vakili Kevin Ross bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Unda O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston tomoni O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida amalga oshirilgan ishlar va 2023-yilda ushbu jarayonni jadallashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Xususan, suhbat chogʻida JST bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya aʼzolari, Muzokaralar guruhi va 10 ta alohida yo'nalishlar bo'yicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatining joriy natijalariga, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining muvofiqlashtiruvi ostida Tashkilotga aʼzo davlatlar tomonidan soʻralgan barcha zarur hujjatlarni tayyorlash jarayonida ularning tezkor sa’y-harakatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, JSTga kirish jarayonida texnik yordam dasturlarini amalga oshirish doirasida donor davlatlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi. Ular ishtirokida so‘nggi 3 yil davomida 250 dan ortiq trening va seminarlar tashkil etildi, Tashkilotga a’zo bo‘lishning iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi va boshqa tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha XVJ doimiy vakili Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini yanada ilgari surish uchun har tomonlama yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться