O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Osama Al Shafar bilan velosport rivojining yangi loyihalari muhokama qilindi

22.05.2023SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun Toshkentga Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Al Shafar tashrif buyurdi. Martabali mehmonning ushbu safardagi ilk manzili Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi boʻldi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekistonda energetika sohasidagi loyihalarni moliyalashtiradi

19.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) raisi Xayashi Nobumitsu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi, Yevropa Ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi oʼrtasida texnik koʼmak jalb qilishga oid moliyaviy bitim imzolandi

18.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 17-may kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) Boshqaruvchilar kengashining “Muvofiqlikka sarmoya kiritish” mavzusidagi 32-yillik yigʼilishi doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yevropa ittifoqi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida “O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyot hamkorligi boʼyicha” 10,2 mln yevro miqdorida texnik koʼmak mablagʼlari ajratilishiga qaratilgan kelishuv imzolandi.

Tabiat resurslari vazirligi delegatsiyasi Dushanbedagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

17.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tojikistonning Dushanbe shahrida Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro tadbirda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan Vazir kotibiyati rahbari Qadamboy Saitov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Toshkent – Budapesht o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

15.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Vengriyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Dyula Kovach hamda mamlakat Tashqi ishlar vazirilgi vakili Adrienn Geobel bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi oʻrtasida 2023-2024 yillarga moʻljallangan hamkorlik rejasi imzolandi

15.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 12-may kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Q.Rasulzoda boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 10-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

BMT bosh qarorgohida Aziz Abduhakimov va BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashi prezidenti Lachezara Stoeva o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

12.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (EKOSOC) Prezidenti Lachezara Stoyeva bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va Qatar sanoat va investitsyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda

10.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 8-9-may kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov amaliy tashrif bilan Qatar Davlatida bo‘lib, ushbu mamlakatning vazirlik va idoralari hamda yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonning 4-obyekti xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlari ro‘yxatiga kiritildi

07.05.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Shveytsariyaga rasmiy tashrifi doirasida Sudochye ko‘li xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan Ramsar suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida hamkorlikdagi loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi

07.05.2023IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vazir-delegati Olivye Besht boshchiligidagi delegatsiya a’zolari va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Adliya vaziri Nagoya iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi

02.05.2023Ta’limManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2023-yil 1-may kuni Adliya vazirligida adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Nagoya iqtisodiyot universiteti rektori, professor Saburi Haruo hamda ushbu universitet professori Ichihashi Katsuyalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Germaniya: ikki tomonlama hamkorlikni faol rivojlantirish

02.05.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga (Germaniya) tashrifi arafasida 2-may kuni ikki mamlakatning vazirlik va  idoralari, 250 dan ortiq sanoat birlashmalari, yirik kompaniya, xolding va sanoat korxonalari hamda  banklar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

28.04.2023EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Tabiat resurslari vazirligida Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov va BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijrochi kotibi Olga Algayerova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vengriyaning Obuda universiteti rektoriga Toshkent kimyo-texnologiya instituti faxriy professori unvoni berildi

28.04.2023TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Shuningdek vazir Ibrohim Abdurahmonov Vengriyaning Obuda universiteti rektori professor Levente Kovach boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Energetika vaziri va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27.04.2023IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Joriy yilning 26-aprel kuni Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi 2 ta chegara posti faoliyati tiklanishi mumkin

26.04.2023IqtisodiyotManba: «Yangi O"zbekiston»

Suv xoʻjaligi boʻyicha oʻzbek-turkman hukumatlararo qoʻshma komissiyasi yigʻilishida “Tallimarjon-Tallimerdjen” va “Drujba-Gazodjak” chegara postlari faoliyatini qayta tiklash masalasi muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti YEXHT DIIHB missiyasi rahbarini qabul qildi

20.04.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YEXHT DIIHB) missiyasi rahbari Albert Yonsson bilan 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘ladi

14.04.2023SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari va istiqbollariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarning saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish bu mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatishda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin

13.04.2023SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Bugun Samarqandda Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlarning to‘rtinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

O’zbekiston-Italiya: agrar sohadagi hamkorlik yo‘nalishlari

13.04.2023IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna bilan uchrashdi.