O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV rahbari AQSH Elchisini qabul qildi
2023-01-04 | Siyosat
2022-yil 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
So‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSH hamkorligi siyosat va xavfsizlik, savdo-iqtisodiyot, insonparvarlik, madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida ham qizg‘in muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Tomonlar 2022-yil dekabr oyida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.
Ikki tomonlama darajada va “C5+1” muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi