O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘on xalqi O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordamini qabul qilib oldi

2022-12-22 | Jamiyat

Hozirgi murakkab sharoitda yon qo‘shnilarimiz, dunyodagi strategik sheriklarimiz bo‘lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ochiq va pragmatik, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni amalga oshirish keyingi yillarda davlatimiz belgilab olgan vazifalarning eng muhim ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida bu tamoyil yana o‘z ifodasini topib, bundan keyin ham ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga asosiy e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.   

O‘zbekiston hozirgi og‘ir damlarda Afg‘onistondagi iqtisodiy va gumanitar inqirozning oldini olishga e’tibor qaratib, yaqin qo‘shnilarimizga beg‘araz yordam ko‘rsatayotgani ham bunga dalildir. 

Mamlakatimiz Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish barobarida o‘z hududi orqali boshqa davlat va xalqaro tashkilotlarga ham Afg‘onistonga gumanitar yordam yuborish imkoniyatini yaratib berdi. Shunga muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Surxondaryo viloyatidagi yirik «Termiz Kargo Markazi» logistika terminalida Afg‘onistonga yordam yuklarini yuboruvchi bosh logistika markazini tashkil etdi.  

Bugun erta tongdan O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordam yuki ortilgan to‘qqizta maxsus yuk mashinasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali Afg‘onistonga jo‘natildi. Maxsus yuk mashinalari Surxondaryo bilan chegaradosh Balx viloyatining Hayraton shahrida kutib olingach, «Astras» kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida beg‘araz yordamni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Balx viloyati gubernatori Mullo Muhammad Dovud Muzammil va boshqalar o‘zbek va afg‘on xalqlarining uzoq o‘tmishga borib taqaladigan do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalari so‘nggi yillarda yangi bosqichda qayta tiklanganini alohida ta’kidladi. Hozirgi og‘ir paytda davlatimizning yon qo‘shnimizga ko‘rsatayotgan beg‘araz yordami jafokash afg‘on xalqini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgani aytildi. Ko‘rsatilayotgan yordam uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorchilik bildirildi. Shuningdek, Surxondaryo va Balx viloyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish, ziyorat turizmini rivojlantirish kabi masalalarda ham fikrlashildi.

Bu safargi insonparvarlik yuki tarkibida 48 tonna un, 30 tonna shakar, 48 tonna bug‘doy, 15 tonna o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht mahsulotlari, 22 tonna makaron, 1000 juft erkaklar va bolalar qishki kiyim-kechagi, bolalar uchun 500, erkaklar uchun 250 va ayollar uchun 250 juft qishki oyoq kiyim yetkazib berildi.  

Xolmo‘min Mamatraimov

Manba: O'zA

Поделиться