O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akademiya rektori xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

2022-12-22 | Jamiyat

Marokash podshohligining Rabot shahrida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ICESCO)ning xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ham ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda Akademiya Axborot xizmati. Konferensiya “Musulmon dunyosida taraqqiyotning strategik indikatorlari: Bilim indikatori model sifatida” mavzusidagi 1-maslahatlashuv uchrashuvi bilan oʻz ishini boshladi.

Taʼkidlash joiz, tashkilot 1979-yilda tashkil topgan boʻlib, bosh qarorgohi Marokash davlati poytaxti Rabot shahrida joylashgan. Tashkilot tomonidan aʼzo davlatlar oʻrtasida taʼlim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar hamda dinlar oʻrtasida doʻstona munosabatlarni oʻrnatishga muhim eʼtibor qaratib kelinmoqda. Islom olami va dunyo tamadduni rivojida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni beqiyos boʻlgani bois ICESCO tashkiloti bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda.

Ochilish sessiyasida ICESCO Bosh direktori Salim al-Malikning murojaati tinglandi. Oʻz navbatida Muhammad al-Maktum fondi ijrochi direktori, professor Jamal bin Huvayreb, hamda UNDP bosh texnik maslahatchisi va bilim loyihasi direktori Xani Turki anjuman ishtirokchilariga murojaat yoʻladi.

Shundan soʻng “Bilim jamiyatlarini qurishni va baholashni muhokama etish eng muhim muammolari boʻyicha” sessiyasi oʻtkazildi.

Rasmiy tadbirlardan soʻng Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning siyrati va islom sivilizatsiyasi xalqaro koʻrgazmasi va muzeyiga tashrif tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, bgugun konferensiya oʻz ishini turli mavzularga bagʻishlangan seminarlari bilan davom ettiradi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Поделиться