09:00:19 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

2023-01-06 | Siyosat

2022-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻli oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida Turkiya TIV rahbari Baxtiyor Saidovni yuqori masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uning rivojlanish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.

Turli daraja va shakllarda boʻlib oʻtadigan qoʻshma tadbirlarning tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chogʻida ham ikki tomonlama shaklda, ham xalqaro tuzilmalar doirasida Oʻzbekiston-Turkiya aloqalarini yanada mustahkamlash va kengaytirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться