09:01:49 (GMT+5)    19.02.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Fevral 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi

2023-01-05 | Siyosat

2023-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi.

Taʼkidlanganidek, zamonaviy bosqichda O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston Rahbarlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ishonchli va iliq muloqot asnosida hamkorlik jadal surʼatlarda o‘sib borayotir.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar, vazirlik va idoralar, shuningdek, ikki mamlakat hududlari yo‘nalishida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarning turli jihatlari ko‘rib chiqildi.

Savdo, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni jadallashtirishning muhimligi eʼtirof etildi.

Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi maʼlum qilindi.

Qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashning muhim omili bo‘lgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться