O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi borasidagi ishlarning borishi muhokama qilindi

2022-12-29 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjaev raisligida Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlari sarhisob qilindi va jalb qilingan vazirlik va idoralar kesimida JSTga a’zo bo‘lish doirasida 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalar belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatida belgilanganidek, Tashkilotga a’zo bo‘lish bo‘yicha barcha asosiy muzokaralarni 2023-yil oxirigacha yakunlash, shuningdek, milliy qonunchilikni JST qoidalari va me'yorlariga muvofiqlashtirish va yangi standartlarni joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish muhimligi. alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida respublikaning JSTga a’zo bo‘lishining hozirgi holati va O‘zbekistonning Tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 6-yig‘ilishini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi. Maʼlum qilinishicha, hozirga qadar JSTga aʼzo davlatlar rejalashtirilgan muzokaralarni tashkil etish uchun barcha zarur hujjatlarni olgan. Bundan tashqari, JSTga a'zo davlatlar va Tashkilot Kotibiyati bilan avval erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar va maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, Idoralararo komissiya a’zolariga Ishchi guruhning 6-yig‘ilishiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish, barcha topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash va tayyorlanayotgan hujjatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.  Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga barcha zarur hujjatlarni tayyorlash va JSTga aʼzo davlatlar bilan aniq muddatlarda ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash boʻyicha individual rejalar ishlab chiqish topshirildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishlarini va Tashkilotga a'zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni o‘z vaqtida tashkil etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida muntazam ravishda yig‘ilish va muhokamalarni o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться