O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maqsad bir milliard dollar yoki qo‘shni davlatlar iqtisodiy hamkorligidagi yil sarhisobi

2022-12-26 | Siyosat

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilning 11 oyida qariyb 503 million dollarni tashkil etdi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga ko‘pdir, deyiladi Tojikiston statistika agentligi tarqatgan ma’lumotda.

Tojikiston qo‘shni respublikaga asosan birlamchi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, teri xomashyosi, pilla, ipak xomashyosi, shuningdek, turli gazlamalar, spirtli ichimliklar, gilamlar va boshqa tovarlar yetkazib beradi. O‘zbekistondan esa tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, tabiiy gaz, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, kulolchilik mahsulotlari, rangli metallar, elektrotexnika va mexanik uskunalar keltiriladi. 

Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari bo‘lgandan keyin Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7 barobardan ko‘proq oshdi. Masalan, 2016-yilda o‘zaro savdo-sotiq hajmi  70 million dollardan sal ko‘proq bo‘lgan. 2022-yilning o‘tgan davrida esa bu ko‘rsatkich 500 million dollardan oshdi, deyiladi xabarda.  

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning O‘zbekistonga rasmiy tashrifidan so‘ng ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollardan oshirishi rejalashtirilgan. Bu shubhasiz, postsovet hududidagi  ikki tomonlama hamkorlikning eng yaxshi namunasidir, deydi Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Osiyo va Yevropa mamlakatlarini o‘rganish instituti (NAST) ilmiy xodimi Kamoliddin Kamolov  “Xovar” agentligiga bergan intervyusida.

“Sovet Ittifoqi davridagi hamkorlikning rivojlanish tajribasi har ikki davlatning iqtisodiyoti va kommunikatsiyalari bir vaqtlar umumiy bo‘lganini tasdiqlaydi, – deydi Kamoliddin Kamolov. Bular yagona energiya halqasi, suv resurslaridan umumiy foydalanish va hokazolardir, deya aniqlik kiritadi u. Har ikki davlat mustaqilligi sharoitida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalargacha bo‘lgan ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikning ijobiy tajribasini zudlik bilan qayta tiklash zaruratini namoyish qilmoqda.    

Ekspertning fikricha, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarning bugungi holati ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan fundamental hujjatlarga asoslanmoqda. Masalan,  2000-yil boshida mamlakatlar o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2019-yil avgustda esa strategik sheriklik to‘g‘risidagi hujjat imzolangan.  “Strategik sheriklik” omili bugungi kunda davlatlararo munosabatlarning mohiyatini oldindan belgilab bermoqda. “bugungi kunda O‘zbekiston Tojikistondan 2 sentlik narxdagi elektr energiyasining asosiy xaridori bo‘lib, o‘z navbatida, Tojikistonga gazni arzonlashtirilgan narxda sotmoqda.    

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u Afg‘onistondagi vaziyatning noaniqligi fonida alohida ahamiyat kasb etadi, deydi ekspert. Garchi tomonlarning pozitsiyalari bugungi kunda turlicha bo‘lsa-da, lekin aslida, har ikki davlat o‘zining janubiy chegaralari xavfsizligidan, qo‘shni Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishidan manfaatdor”, – deya qo‘shimcha qiladi u.  

Kamoliddin Kamolovning aytishicha, bu gaplarni Millat yetakchisi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon joriy yil 2-3 iyun kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida aytgan edi. Zero, bularning barchasi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va kengaytirish uchun juda ijobiy va muvaffaqiyatli natijalardir.    

“Tashrif davomida ikki respublika o‘rtasida 15 ta yangi hujjat va Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlari forumi doirasida tadbirkorlar va savdogarlar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida 75 ta shartnoma imzolandi,  investitsiya loyihalari hajmi 1 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ikki do‘st va qardosh mamlakat xalqlari uchun eng muhim hujjat Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida “Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risida”gi deklaratsiyaning imzolanishi bo‘lib, u tojik va o‘zbek xalqlarining ko‘p asrlik orzularini ro‘yobga chiqardi”, – deya mamnuniyat bilan e’tirof etadi ekspert.    

Uning qo‘shimcha qilishicha, suv-energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlikni davom ettirish maqsadida ikki davlat prezidentlari Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyatining Ayniy tumanida Zarafshon daryosida 320 MVt quvvatga ega  ikkita GES qurilishi bo‘yicha loyiha-razvedka ishlarini rasman boshlagan.    

“Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan ikki tomonlama shartnomalar temir kukunini qazib olish va qayta ishlash, Tojikistonda to‘qimachilik zavodini qurish, O‘zbekistonga birlamchi alyuminiy yetkazib berish, paxta tolasi va muzlatgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish kabi bir qator muhim loyihalarini ham o‘z ichiga oladi” deydi tojikistonlik ekspert.  

“Umuman olganda, Tojikiston Respublikasi Prezidenti  Imomali Rahmonning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi chog‘ida  savdo-iqtisodiy forumi ishi yakunlarini hisobga olgan holda qiymati  1 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoyaviy-iqtisodiy loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan», – deya xulosa yasagan Kamolidin Kamolov o‘z intervyusiga. 

S.Rahimov

Manba: O'zA

Поделиться