O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Bosh vaziri Toshkentga keldi
2021-03-25 | Siyosat
Toshkentda 25-26 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov bugun, 25 mart kuni mamlakatimizga keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Tashrif dasturidan Toshkent shahridagi bir qator sanoat ob’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish o‘rin olgan.
Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Manba: O'zA