03:48:06 (GMT+5)    14.03.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Март 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

O‘zbekiston va Turkiya soliq xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

2021-04-13 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisi (DSQ) Sherzod Kudbiyev Turkiyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan elchisi Olgan Bekarni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

DSQ matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Sherzod Kudbiyev uchrashuv avvalida elchini masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Ikki davlat rahbarlari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash davlat idoralari rahbarlari zimmasiga yuklatilganini taʼkidladi. Bunda eng asosiysi, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da mustahkamlash ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida DSQ raisi O‘zbekiston soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish uchun Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish muhimligini taʼkidladi.

Shuningdek, elchi Turkiya O‘zbekiston DSQ xodimlarining malakasini oshirish, tajriba almashish borasida har tomonlama ko‘maklashishga va hamkorlikning yangi qirralarini qayta ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi dolzarb mavzular, soliq sohasidagi yaqin aloqalarni rivojlantirish, xususan, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish uchun soliq xizmatlari o‘rtasida o‘zaro maʼlumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться