O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro konferensiya Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bilan hamkorligiga bagʻishlandi

2021-05-01 | Jamiyat

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Tashqi ishlar vazirliklari va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bilan birgalikda O‘zbekistonning Turkiy tilli davlatlari Kengashi bilan hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Vengriya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonlik xalqaro ekspertlar, olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari, davlat arboblari, diplomatik korpus va xalqaro tashkilot vakillari qatnashdi.

Unda Turk Kengashiga a’zo davlatlarning rivojlanish holati, o‘zaro hamkorlikni tashkil etishning dolzarb masalalari, mintaqa davlatlarining iqtisodiy, madaniy, ta’lim va boshqa sohalardagi rivojlanish istiqbollari va o‘zaro aloqalari kabi mavzularda maruzalar o‘qilib, muhim jihatlar muhakama qilindi.

Jahon siyosatida kuzatilayotgan hozirgi o‘zgarishlar sharoitida turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar tashqi siyosati va xalqaro munosabatlarining konseptual jihatlari, mazkur davlatlar tashqi siyosatidagi yangi tendensiyalar, ularni o‘rganish muammolari va istiqbollari, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik tashkilotining xalqaro munosabatlardagi, xususan, “Sharq va G‘arb” muloqoti kontekstidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, xalqaro loyihalar doirasidagi o‘zaro aloqalari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (Turk Kengashi)ning halqaro integratsion tashkilot sifatida obro‘si va nufuzi jahonda tobora ortib bormoqda. bugungi kunda tashkilotga 5 ta davlat – Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekiston kiradi. Shuningdek, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.

Ma’lumot uchun,O‘zbekiston Turk kengashiga 2019-yil 14-sentabrda a’zo bo‘lgan.

Manba: O'zA

Поделиться