O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari va Vengriya banki bosh direktori xorijiy moliya muassasasining O‘zbekiston bozoriga kirishi masalalarini muhokama qildi

2021-04-02 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Vengriyaning OTP bank group direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Shandor Chanyi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi ma’lum qilishicha, uchrashuvda moliya vaziri Timur Ishmetov, Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov va boshqalar ishtirok etdi.
 
Rasmiy vakillar bilan muzokaralarda mamlakatimizda, xususan, bank sektorida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Mehmonlar bank sektorini o‘zgartirish istiqbollari, shuningdek, xususiylashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.
 
Mehmonlar mamlakatimizda bugungi kunda biznes yuritish uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi.
 
OTP bankning O‘zbekiston bank sektoriga kirishi bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar jarayoni xususida fikr almashildi.
 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashish uchun hamkorlik shakli belgilab olindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться