O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo xalqaro instituti va Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma oʻrtasida Memorandum imzolandi

2021-04-16 | Ta’lim

Joriy yilning 15-aprel kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolanishining tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu marosimda, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, Konrad Adenauer nomidagi jamgʻarma rahbariyati hamda xodimlari, shuningdek, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda, soʻzga chiqqanlar ushbu muhim voqea Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasidagi konstruktiv munosabatlar rivojining yaqqol dalili ekanini qayd etdi. Ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi munosabatlarning oʻzaro ishonch va hurmat ruhida oʻrnatilgani, Oʻzbekiston va Germaniya sherikligining izchil rivojlanishida hissa qoʻshishini taʼkidlandi.

Shuningdek, tahlil markazlari oʻrtasidagi muntazam aloqalar davlatlararo munosabatlarni sifat jihatdan yangi pogʻonaga olib chiqishga hamda Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlashga imkoniyat yaratadi.

Memorandumni amaliy jihatdan tatbiq etishda, oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, ilmiy ishlarni nashr etish, ilmiy adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot materiallarini oʻzaro almashish masalalariga alohida eʼtibor beriladi.

Shuningdek, tomonlar tahlil markazlari xodimlari va ekspertlari oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish muhimligini taʼkidladilar va bu orqali Markaziy Osiyo mamlakatlararo hamkorlikning faollashuviga erishiladi.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться