O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

2021-04-13 | Jamiyat

Joriy yilning 13-aprel kuni Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Bekar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri R. Davletov Turkiya Elchisini tayinlov bilan tabriklab, keyingi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
 
Turkiya Elchisi O. Bekar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda o‘zgarishlarni yuqori baholab, unda Adliya vazirligining davlat huquqiy siyosatini olib boruvchi davlat organi sifatida rolini e'tirof qildi.
 
Uchrashuv davomida adliya vaziri R. Davletov vazirlik tizimi, vazifalari va faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan, shuningdek huquqiy sohada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishtirdi.
 
Turkiya Elchisi O. Bekar ikki mamlakat adliya organlaridagi o‘zaro o‘xshashliklarni alohida ta'kidlab, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikda ishlash bo‘yicha vazirlikka ko‘makdosh bo‘lishga tayyorligini bildirdi hamda tajriba almashish uchun xodimlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
 
Adliya vaziri taklifni qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumidagi qoidalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyorligini aytdi.
 
Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Manba: O'zA

Поделиться