O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida tibbiyot turizmi rivojlantiriladi

2021-04-05 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Afg‘onistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Elmiy bilan uchrashdi.  

Uchrashuvda “PrivaZorg Maastricht” kompaniyasi direktori, “Nobama care” (Niderlandiya) kompaniyasi raisi B.Nizomiy hamda “Jawzjan Al-Hayot” kasalxonasi (Afg‘oniston) muassisi A.Xamiylar ham ishtirok etishdi. Хorijlik mehmonlar O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlar va turistik mahsulotlar, “Uzbekistan SafeTravel GUARANTEED” sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi tizimi bilan tanishishdi.

Shuningdek, yurtimizda sayyohlik yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekistonda tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘ziga xos xususiyatlar haqida atroflicha fikr almashishdi. Xorijiy tadbirkorlar mamlakatimizning yuksak turizm salohiyatini inobatga olgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirishdi.

Maʼlumot o‘rnida: “Privazorg Maastricht” Niderlandiyadagi “PrivaZorg” tibbiy muassasasini qo‘llab-quvvatlovchi mintaqaviy markaz bo‘lib, “uyda parvarish qilish”ga ixtisoslashgan. O‘z navbatida, “Nobama Care” kompaniyasi to‘liq tibbiy yordamga ega qariyalar uylari tarmog‘idir. Hozirgi vaqtda kompaniya 4 filialiga ega bo‘lib, joriy yilning oktyabr oyida 5-muassasasining ochilishi kutilmoqda. Bunda, taʼsischilar har bir bino uchun 6 million yevro sarmoya kiritishgan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться