O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston Notarial palatasining Xalqaro notariuslar ittifoqiga aʼzo bo‘lish masalalari xususida fikr almashildi

24.09.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida Xalqaro notariuslar ittifoqi Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasi prezidenti Richard Bok boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri, Davlat madaniyat vaziri bilan uchrashuv

24.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Davlat tashqi ishlar vaziri, Davlat madaniyat vaziri Minakashi Lekxi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Eron elchisi bilan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi

24.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Eron elchisi Hamid Nayrabodiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“J.P.Morgan” tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiya doirasida Moliya vazirligi xorijiy investorlar bilan taqdimot va yakkama-yakka uchrashuvlar o‘tkazdi

24.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 22-sentyabr kuni “J.P.Morgan” tomonidan soat 11:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) “Rivojlanayotgan mamlakatlardagi qarzdorliklar konferensiyasi” (Emerging Markets Credit Conference) tadbiri bo‘lib o‘tdi hamda unda xalqaro investorlar bilan virtual global telekonferensiya va yakkama-yakka uchrashuvlar o‘tkazildi. Yakkama-yakka uchrashuvlarda Bluebay Asset Management, Aberdeen Asset Managers, NNIP, Barings, Goldman Sachs Asset Management, Pimco Europe, Franklin Templeton, Abu Dhabi Investment Authority, Global Evolution, Stone Harbor Investment Partners kabi 30 dan ortiq investision fondlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston – Yaponiya biznes-anjumani bo‘lib o‘tdi

23.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi va “Toshkent-Nagoya” Do‘stlik assosiasiyasi bilan birgalikda “O‘zbekiston-Yaponiya hamkorligi dinamikasi va O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlari” mavzuida onlayn anjuman o‘tkazildi.

Rossiya federatsiyasi Davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr va kartografiya Federal xizmati rahbariyati bilan uchrashuv

23.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Rossiya federatsiyasi Davlat ro'yxatidan o'tkazish, kadastr va kartografiya Federal xizmati (Rosreyestr) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tomonlar davlat kadastrini baholash tizimini yaratish bo'yicha loyihani amalga oshirishni muhokama qildilar.

Samarqand va Istanbul universitetlari simpoziumi

23.09.2021Ta’limManba: O'zA

Samarqand davlat universitetida Istanbul universiteti bilan hamkorlikda “Turk dunyosida ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va o‘zaro ta’sir” mavzuida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Senati Raisi Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashdi

23.09.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti S.Japarov bilan uchrashdi.

Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

23.09.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Germaniyaning Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Zukkov fondi (Succov Stiftung) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Markaziy Osiyo xalqaro institutida yig‘ilish

23.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi ustuvor yo‘nalishlari va vazifalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Adliya vaziri Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasi prezidenti bilan uchrashdi

22.09.2021JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2021-yil 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov hamda Xalqaro Notariuslar Ittifoqining Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasi (CCNI) prezidenti R. Bok o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi nutqi

22.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Hurmatli rais Abdulla Shahid janoblari! Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar!

O‘zbekiston mintaqaning samarali tranzit markaziga aylanishi mumkin

21.09.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Toshkent shahrida 21-sentabr kuni «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi doirasida “IDEA – Yosh tadbirkorlar forumi” o‘z ishini boshladi

21.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

20-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK) doirasida “IDEA  – Yosh tadbirkorlar forumi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Buyuk Britaniya qurolli kuchlari davlat vaziri bilan uchrashuv

21.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 21-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o'rinbosari, Qurolli kuchlari davlat vaziri, Jeyms Hippini qabul qildi.

Mutaxassis va ekspertlar tomonidan radiochastota spektrdan foydalanish masalalari muhokama qilindi

21.09.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida radiochastota spektrdan foydalanishni boshqarish bo'yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pogʻona koʻtarildi

21.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

20-sentyabr kuni AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini eʼlon qildi. Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020-yil 93-oʻrin va 2015-yilda 122 oʻrinlarni egallagan edi.
Global innovatsion indeksi 20-sentyabr sanasida eʼlon qilgan nashrining nomi “COVID-19 inqirozi orqali innovatsiyalarni kuzatish” boʻlib, hisobot COVID-19 inqirozning global innovatsiya koʻrsatkichlariga taʼsirini baholaydi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

21.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Milliy koordinatorlar SHHT Dushanbe sammiti kun tartibi va hujjatlari bo‘yicha kelishib oldi

16.09.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi.

Xususiy sektor ishtirokida yashil loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

16.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Joriy yilning 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diopning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov va Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev hamda bir qator vazirlik va idoralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.