O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy koordinatorlar SHHT Dushanbe sammiti kun tartibi va hujjatlari bo‘yicha kelishib oldi
2021-09-16 | Siyosat
Tojikiston poytaxtida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashi o‘z ishini yakunladi.
11-15 sentabr kunlari davomida Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston milliy koordinatorlari Dushanbeda SHHT yubiley sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan kun tartibi va hujjatlar loyihasi bo‘yicha kelishib oldi.
Kutilayotganidek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha SHHTga a’zo Davlat rahbarlari kengashi tashkilot raisligining O‘zbekistonga o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi