O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan anglashuv memorandumi imzolandi

11.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) o‘rtasida anglashuv memorandumi loyihasi imzolandi. Ushbu memorandum Tadbirkorlikni rivojlantirish agentli direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Axmedov hamda YTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitailar tomonidan imzolandi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi

08.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) barqaror rivojlanish guruhi boshqaruvchi direktori Nandita Parshad va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Jujanna Xargitay boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

O’zbekiston delegatsiyasining Afg’onistonga amaliy tashrifi to’g’risida

08.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 7-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg’oniston muvaqqat hukumat rahbarining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Mulla Abdul Kabir boshchiligidagi Afg’oniston rahbariyati vakillari bilan muzokaralar o’tkazdi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhim ekanini ta’kidladilar

07.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSH kongressmenlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi

06.10.2021SiyosatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-oktyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Don Beykon, Dug Lamborn, Troy Nels va Avgust Pflyugerdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Хalq taʼlimi Vazirligida BAA elchisi bilan taʼlimdagi Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchisi janob Said Matar Al Kezmi bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida ikki mamlakat oʻrtasida xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash mavzusida soʻz bordi. Vazir elchiga taʼlim sohasidagi hamkorlik xususan, “Bir million dasturchi” loyihasini Oʻzbekiston maktablarida muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi koʻmagini alohida taʼkidlab, minnatdorlik bildirdi.

Niderlandiya Elchisi bilan uchrashuv

06.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 6-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Niderlandiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Moskvada shahrida joylashgan) Xilles Arno Besxor Pluxni qabul qildi.

Vatikan Elchisi bilan uchrashuv

06.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 6-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vatikanning O'zbekistondagi Apostol Nunsiyi (Elchisi) etib tayinlangan (qarorgohi Moskva shahrida) arxiyepiskop Jovanni d'Anielloni qabul qildi.

“VEON” O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirishda ishtirokini faollashtiradi

06.10.2021IqtisodiyotManba: O'zA

“VEON” kompaniyalar guruhi delegatsiyasi O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari bilan uchrashish uchun Toshkentga tashrif buyurdi. Muloqot markazida mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirishda keyingi ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi

05.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Samarali muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.

Strategik sheriklik yangi, yanada salmoqli amaliy mazmun bilan boyidi

05.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Toshkentda O‘zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

05.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkentda Turkmaniston Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi arafasida O‘zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

Turkmaniston Prezidenti Toshkentga keldi

05.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

O‘zbekiston Prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

05.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-oktabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Uendi Sherman boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv

04.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Tera Hakala bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

04.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Jahon banki vise-prezidenti Anna B'erde bilan hamkorlikning bugungi holati va uni yanada chuqurlashtirishning istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi.

Germaniya taraqqiyot banki (KfW) ishtirokida “Kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida qarz bitimi imzolandi

30.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Kredit mablag‘lari iqtisodiyotning barcha sohalariga, shu jumladan, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, qishloq tadbirkorligi va boshqa yo‘nalishlarda barcha tadbirkorlar uchun ajratiladi.

Tashqi ishlar vazirligida MDH Kuzatuvchilari missiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

30.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yil 29-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Farhod Arziyev joriy yil 24-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo'yicha MDH uzoq muddatli kuzatuvchilar missiyasi ilg'or guruhi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazdi.

“Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilariga

28.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston yashil iqtisodiyotga o‘tishida hamkorlikni kengaytirish mavzusida davra suhbati

24.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 23-sentyabrda Toshkent shahridagi City Palace mehmonxonasida gibrid formatda vazirlik va davlat tashkilotlari, taraqqiyot bo'yicha hamkorlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida "O'zbekiston yashil iqtisodiyotga o'tishida hamkorlikni kengaytirish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.