O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xususiy sektor ishtirokida yashil loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati
2021-09-16 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diopning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov va Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev hamda bir qator vazirlik va idoralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda xususiy sektorni jalb qilishning o‘rni va afzalliklari hamda O‘zbekiston Respublikasining yashil iqtisodiyotga o‘tishi va xususiy sektorni iqlimga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar namunasida muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yashil loyihalarning istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diopning so‘zlariga ko‘ra: "COVID-19 pandemiyasidan keyin iqtisodiy tiklanishni tezlashtirish rejasi borasida O‘zbekiston uchun iqlim o‘zgarishini yumshatish loyihalariga sarmoya kiritish uchun keng imkoniyatga ega, bu qisqa muddatli foydali loyiha bo‘lib qolmay, balki yangi ish o‘rinlari yaratishda va iqtisodiy o‘sish uchun katta foyda keltirishda uzoq muddatli foydali investitsiya bo‘lishi mumkin.
Davra suhbatini quyidagi havola orqali ko'rishishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=exXu5qpP-UYManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi