O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy Osiyo xalqaro institutida yig‘ilish
2021-09-23 | Siyosat
2021-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi ustuvor yo‘nalishlari va vazifalariga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, ekspert-tahlil va ilmiy-akademik tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonning ShHTga raisligi davrida tashkilot faoliyatining turli sohalarida qator tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi