O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston mintaqaning samarali tranzit markaziga aylanishi mumkin

2021-09-21 | Iqtisodiyot

Toshkent shahrida 21-sentabr kuni «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) hamda Rossiyaning «Valday» xalqaro munozara klubi hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassislar, «Valday» xalqaro munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiyaning yirik ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdi.Uchta sessiyadan iborat konferensiya davomida ishtirokchilar siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Rossiya hamkorligining holati va istiqbollari to‘g‘risida atroflicha fikr almashdi. 

Bundan tashqari, ekspertlar Markaziy Yevroosiyoda xalqaro savdo va integratsiyani rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi, shuningdek, O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish uchun istiqbolli o‘sish nuqtalari va harakatlantiruvchi omillar bo‘yicha ekspert qarashlarni ishlab chiqishi ko‘zda tutilgan.Konferensiyada ikki mamlakat ekspertlarining chiqishlaridan tashqari, «Valday» xalqaro munozaralar klubi tomonidan «Yevroosiyoning temir karkasi: yutuqlar, muammolar va qit’adagi o‘zaro aloqalar istiqbollari» hisoboti ham taqdim etildi.Hisobotda qayd etilishicha, hozirda mintaqa davlatlari hukumatlarining sa’y-harakatlari sezilarli darajada kuchaygan, Markaziy Osiyoni Sharq bilan G‘arb, Shimol bilan Janubni bog‘laydigan transport yo‘laklari chorrahasiga aylantirishga qaratilgan va, umuman, xalqaro ahamiyatga ega transport imkoniyatlari oshirilmoqda. 

Endilikda, Markaziy Osiyo temir yo‘l aloqa tizimining uzunligi 22 ming kilometrdan ko‘proqdir. Mintaqaviy temir yo‘llarning qariyb 18 foizi O‘zbekiston orqali o‘tadi, bu yuk tashishning qariyb 11 foizini tashkil qiladi.Agar rejalashtirilgan ulkan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Markaziy Osiyoni dinamik rivojlanayotgan mintaqaga aylantirish istiqbollari yanada realroq bo‘ladi.Bu fikrlar «Valday» xalqaro munozaralar klubi va Rossiya Federatsiyasi Oliy iqtisodiyot maktabining bir guruh ekspertlari tomonidan SMTI yordamida tayyorlangan  «Yevroosiyoning temir karkasi: yutuqlar, muammolar va qit’adagi o‘zaro aloqalar istiqbollari» hisobotida keltirilmoqda. Unda ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo yangi transport yo‘nalishlarining tranzit markaziga aylanishi mumkin. 

Xususan, kelgusi yillarda Markaziy Osiyo nafaqat Xitoy – Markaziy Osiyo – Rossiya –Yevropa yo‘nalishining yuqori samarali temir yo‘li orqali Sharq-G‘arb aloqalarini kuchaytiradi, balki ufqning to‘rt tomonini bog‘laydigan yangi transport yo‘llarining tranzit markaziga aylanadi.So‘nggi yillarda Yevroosiyo temir yo‘llarida inqilobiy o‘zgarishlar  ro‘y bermoqda, Xitoydan Yevropaga temir yo‘l transportining yuksak rivojlanishi kuzatilmoqda. Birgina 2016-2020 yillarda bu hududlar orasidagi temir yo‘l tashish hajmi 8 barobarga oshib,  3,1 million tonnadan 24,6 million tonnagacha yetdi, barcha transport turlari orqali esa yiliga 430 million tonnani tashkil etdi. 

Yevropa-Xitoy yo‘nalishi bo‘yicha 61 ta temir yo‘l yo‘nalishi, Xitoydan Yevropaga 84 ta temir yo‘l yo‘nalishi mavjud. Rossiya ekspertlarining fikricha, Toshkent mintaqaning samarali tranzit markaziga aylanishi mumkin«Yevroosiyoning temir karkasi: yutuqlar, muammolar va qit’adagi o‘zaro aloqalar istiqbollari» hisobotida O‘zbekistonning transport-kommunikatsiya salohiyatini ochish tashabbuslari aks ettirilgan.Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li Shimol-Janub transport yo‘laklari tizimida muhim rol o‘ynashi mumkin. Qiymati qariyb 5 milliard dollarga teng Mozori Sharif – Kobul loyihasining birinchi bosqichini amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining resurslarini jalb qilish kerak bo‘ladi.O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Ummon transport va tranzit yo‘li Markaziy Osiyo davlatlariga Hind okeaniga chiqish uchun yana bir imkoniyat berishi mumkin. Yo‘lak O‘rta Osiyoni Fors va Ummon ko‘rfazlaridagi Eron portlari bilan bog‘lashi mumkin edi.

O‘zbekiston Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini ishga tushirishdan manfaatdor, u Sharq – G‘arb va Shimol – Janub yo‘nalishlarining muhim bo‘g‘inlaridan biriga aylanishi mumkin, chunki u uch mamlakat ishlab chiqaruvchilari uchun yangi savdo bozorlarini ochadi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga Xitoydan yuk tashiladi, Markaziy Osiyoning geografik yopiq davlatlari uchun xalqaro dengiz portlariga kirishni ta’minlaydi».Qolaversa, O‘zbekiston Kaspiybo‘yi davlatlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.O‘zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Gruziya temir yo‘llarini Turkiyaning transport tarmog‘i bilan bog‘laydigan Navoiy – Turkmanboshi – Boku – Tbilisi – Qars temir yo‘li koridori O‘zbekiston mahsulotlarini O‘rta Yer dengizi sohillariga yetkazish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu yo‘nalish tufayli Xitoy va Yevropa o‘rtasida mahsulot yetkazib berishni ta’minlash mumkin bo‘ladi.YeOIIda 2025-yilgacha yagona transport hududini yaratish O‘zbekistonga hamkor mamlakatlar temir yo‘llari orqali yuk tashish narxini 220 million dollargacha kamaytirishga, tranzit salohiyatini hozirgi 7 dan 16 million tonnagacha oshirishga imkon beradi.

Manba: O'zA

Поделиться