O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

2021-09-23 | Ekologiya

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Germaniyaning Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha Zukkov fondi (Succov Stiftung) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda, eng avvalo, «Inson va biosfera» dasturi (Man and the Biosphere Programme) doirasida O‘zbekiston Respublikasining Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati YuNESKOning Butunjahon biosfera rezervatlari tarmog‘iga kiritilishining muhim ahamiyati e’tirof etildi.

Zukkov fondi muhofaza etiladigan hududlar departamenti rahbari Yens Vunderlix Davlat ekologiya qo‘mitasi mutasaddilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

Ma’lumki, 13-17-sentyabr kunlari «Inson va biosfera» dasturi Xalqaro muvofiqlashtiruvchi kengashining 33-sessiyasi Afrika qit’asidagi Abudja shahrida bo‘lib o‘tdi.

YuNESKOning biosfera rezervatlari tarmog‘i dunyoning 131 mamalakatidagi 727 rezervatlarni, shu jumladan 22 transchegaraviy ob’ektlarni o‘z ichiga oladi. Bu esa hozirda yer yuzining 5 foizdan ortig‘ini egallaydi hamda biologik-xilmaxillikni saqlash, ekologik ta’lim, tadqiqot va barqaror rivojlanishni birlashtiradi.

Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Amudaryo tumanlari hududlarida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 68 717,8 gektarni tashkil qiladi. Shundan 11 568,3 gektar qo‘riqxona zonasiga, 6 731,4 gektar bufer zonasiga, 50 418,1 gektar o‘tish zonasiga ajratilgan.

Biosfera rezervatining asosiy vazifasi – landshaftlarini, tuqaylardagi o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarini, jumladan, kam uchraydigan va yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlarni biosfera rezervati hududiga xos boshqa tabiat obektlarini saqlab qolish va qayta tiklashdan iborat.

Biosfera rezervatida 419 ta yuksak o‘simlik turlari uchrashi aniqlangan bo‘lib, shundan 2 tur O‘zbekiston Respublikasi «Qizil Kitobi» ga kiritilgan noyob o‘simlik turlari hisoblanadi.

Biosfera rezervati hududida 36 tur sut emizuvchi, 246 tur qushlar, 29 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi, 43 tur baliqlar sinfiga mansub hayvonlar uchrashi qayd etilgan. Mazkur turlardan 36 tur hayvon O‘zbekiston Respublikasining «Qizil Kitobi»ga, 18 tur esa Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi Qizil ro‘yxatiga kiritilgan noyob hayvonlardir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Поделиться