O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

Singapurlik “TMC Academy” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “TMC Education Corporation Ltd” korporatsiyasi bo‘linmasi, Singapurdagi yirik xususiy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lgan “TMC Academy” rektori Li Chin Veng boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Davlat Dumasi qo‘mitasi raisini qabul qildi

26.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan rossiyalik kuzatuvchilar delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Davlat Dumasi qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikovni qabul qildi.

O‘zbekiston - Koreya iqtisodiy hamkorligi jadallashmoqda

26.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari ­– investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov hamda Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Xong Nam Ki o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

"Pfizer-BionNTech" vaksinasining 800 mingdan ortiq dozasi O‘zbekistonga yetib keldi.

25.10.2021JamiyatManba: O'zA

Ushbu vaksina partiyasi O‘zbekiston xalqiga AQSH hukumati tomonidan taqdim etilgan va ikki reysda 526 500 (18-oktabr) va 273 780 (25 oktabr) dozalari bilan mamlakatga yetkazilgan.

Energetika vazirligi “Mangold consulting” bilan muzokaralar o‘tkazdi

25.10.2021SiyosatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

O‘zbekiston Energetika vazirligi faoliyat sohasi biznes-konsalting bo‘lgan Germaniyaning “Mangold Consulting GmbH” kompaniyasi bilan investorlarni yangi sanoat loyihalariga jalb etish masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Hamkorlik munosabatlari mustahkamlanmoqda

25.10.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Ayni vaqtda amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasi bugun Koreya Milliy politsiya agentligi bosh komissari Kim Chang Yong va Birlashgan Arab Amirliklari Ichki ishlar vazirligi bosh inspektori, general-mayor Axmad Nasir Al-Raisi hamda Koreya Milliy politsiya agentligi masʼul xodimlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit dasturi (UNEP) rahbariyati bilan uchrashuv

25.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Shveytsariyaning Jeneva shahriga rasmiy tashrifi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi BMT Atrof-muhit dasturining Yevropadagi bo‘linmasi direktori janob Bruno Potstsi bilan uchrashdi.

O‘zbekiston bilan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

25.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov prezident saylovlarining xalqaro kuzatuvchisi sifatida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Xusrav Noziri bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev YeXHT DIIHB kuzatuvchilari missiyasi rahbari bilan uchrashdi

25.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) mamlakatimizdagi Prezident saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari Ouen Merfi bilan uchrashdi.

BMTTD va Yevropa investitsion banki tomonidan tashkillashtirilgan “BRM va obligatsiyalar: birgalikda ta'sir uchun” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda Moliya vazirligi ishtirok etdi

22.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi bilan uchrashuv

22.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi  kuzatuvchilari missiyasi rahbari sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Pol'sha hamkorligini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi

21.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Pol'sha Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi R.Gruk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik kengaymokda

21.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Gland (Shveytsariya) shahrida joylashgan Bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Ularni Ittifoqning rivojlanish guruhi global direktori Enrike Lamann kutib oldi.

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan telefon muloqoti to‘g‘risida

20.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan telefon muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti MDH doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish tashabbusini ilgari surdi

18.10.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tgan yubiley majlisida ishtirok etdi.

 

O‘zbek-afg‘on hamkorligi masalalari muhokama qilindi

18.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Afg‘oniston tomoniga esa Muvaqqat hukumat rahbarining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Salom Hanafiy boshchilik qildi.

Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

15.10.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi
15-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxodjayev Saylov tizimlari xalqaro jamg‘armaning (IFES, Vashington, Kolumbiya okrugi) Yevropa va YevroOsiyo bo‘yicha dasturlari mutaxassislari bilan uchrashdi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «yashil» harakatlar bo‘yicha Maxsus ishchi guruhining yig‘ilishi yakunlari

15.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Yashil harakatlar bo‘yicha maxsus ishchi guruhining onlayn formatida o‘tkazilgan yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Britaniya hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi

15.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi T.Torlot bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

15.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-oktabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etdi.