O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand va Istanbul universitetlari simpoziumi

2021-09-23 | Ta’lim

Samarqand davlat universitetida Istanbul universiteti bilan hamkorlikda “Turk dunyosida ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik va o‘zaro ta’sir” mavzuida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Istanbul universiteti rektori Mahmud Ak boshchiligidagi delegatsiya, shuningdek, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar ishtirok etdi.

Anjumanni Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov ochib, O‘zbekiston qadimdan ilm-ma’rifat beshigi bo‘lgani, xususan, Samarqand zaminida Alisher Navoiy, Qozizoda Rumiy, Muhammad Havofiy, Ali Qushchi kabi buyuk mutafakkirlar ta’lim olganini ta’kidladi.

1454 yilda Istanbul madrasasiga asos solingan, uning birinchi mudarrisi Ali Qushchi bo‘lgan. Ali Qushchi Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida ko‘p yillar mudarrislik qilgan. Allomaning Turkiyadagi ilmiy faoliyati xalqlarimizni bog‘lab turadigan muhim jihatlardandir.

Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansga poydevor qo‘yilmoqda. Uni mustahkamlashda xorijiy universitetlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Istanbul universiteti bilan birga tashkil etilgan ushbu simpozium azaliy qadriyatlar va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, bu aloqalarni ayni paytda xalqlarimizning hayotiy manfaatlariga to‘la javob beradigan ilm-fan, ta’lim, madaniy-ma’rifiy sohalarda rivojlantirishdir.

Tadbirda Turkiyadan videomurojaat yo‘llagan Istanbul universiteti adabiyot fakulteti dekani Hayati Develi ikki universitet hamkorligida tashkil etilgan simpozium turk dunyosi ziyolilarining birlashishi uchun tashlagan muhim qadamlardan biri ekanini alohida ta’kidladi.

Mahmud AK, Istanbul universiteti rektori, professor:

–Samarqand davlat universiteti bilan ushbu simpoziumni o‘tkazishni ikki yil avval rejalashtirgan edik. Pandemiya sabab u bir yil kechikdi. bugungi anjumanda Turkiyadan 38 nafar olim qatnashmoqda. O‘zbekiston azaldan buyuk allomalar yurti bo‘lgan. Samarqand mashhur madrasalari va ilmiy-madaniy merosi bilan dunyo olimlari e’tiborini tortgan. Ushbu simpozium o‘tkazilayotgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi hamon o‘z salobatini saqlab turibdi. Biz O‘zbekiston bilan hamkorligimiz yuksalayotganidan mamnunmiz. Ilm-fan sohasidagi mustahkam aloqalar malakali kadrlar tayyorlash va mamlakatlarimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishda muhim omildir.

Tadbirda Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqib, Turkiya O‘zbekiston bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori ekanini ta’kidladi.

– Bizning ilm-fan, san’at, madaniyat sohalaridagi hamkorligimiz uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Samarqand va Buxorodan yetishib chiqqan ko‘plab allomalar turk diyorida yashab ijod qilgan. Ushbu simpozium tili va dini bir, asrlar davomida og‘a-ini bo‘lib yashab kelayotgan qardosh xalqlarimiz do‘stligini yanada mustahkamlashga, buyuk ajdodlar merosini o‘rganish, uni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladi, – dedi jumladan elchi.

Anjumanda Samarqand va Istanbul universitetlari qo‘shma hamkorlik asosida o‘zbek-turk institutini ochish taklifi ilgari surildi.

Simpozium sho‘’balarga bo‘lingan holda, ma’ruza va muhokamalar shaklida davom etdi.

Manba: O'zA

Поделиться