O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buyuk Britaniya qurolli kuchlari davlat vaziri bilan uchrashuv
2021-09-21 | Siyosat
2021-yil 21-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o'rinbosari, Qurolli kuchlari davlat vaziri, Jeyms Hippini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Afg'onistondagi mavjud vaziyat va mamlakatni tinch yo'l bilan rivojlantirishga qaratilgan xalqaro sa'y-harakatlar yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi