O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mutaxassis va ekspertlar tomonidan radiochastota spektrdan foydalanish masalalari muhokama qilindi
2021-09-21 | Jamiyat
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxassislari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida radiochastota spektrdan foydalanishni boshqarish bo'yicha seminarda ishtirok etmoqda.
Mazkur seminar joriy yilning 20- sentabr kuni boshlangan bo’lib, 22-sentabr kuni yakunlanadi. Unda Yevropa va MDH mamlakatlari mutaxassis va ekspertlari ishtirok etmoqda. Mazkur konferensiya “Forum Global” xalqaro tashkiloti tomonidan Xalqaro elektraloqa Ittifoqi ko‘magi bilan tashkil etildi.
Seminar dasturi o‘z tarkibiga radioxalaqitlarni chegaradosh davlatlar bilan birgalikda bartaraf etish bo‘yicha radiochastota spektrini muvofiqlashtirish amaliy jihatlari, Yevropa va MDH davlatlarida keng polosali texnologiyalarni tadbiq qilishda 1 GHzs dan past, o‘rta va yuqori chastotalardan foydalanish, 5G texnologiyasining istiqbollari Umumjahon radioaloqa konferensiyaga tayyorgarlik holati va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Seminar doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi rahbari D. Dusmatov mintaqada keng polosali texnologiyalarni joriy qilish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan qatnashdi.
Shuningdek, seminar davomida “Inmarsat” va “Huawei” kompaniyalari vakillarining O’zbekiston aloqa ma’muriyati bilan onlayn uchrashuvi belgilangan. Mazkur uchrashuv MDH mintaqasida yaqin hamkorlikni ta'minlash mavzusiga bag‘ishlanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi