O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro aloqalar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

12.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni tongda Istanbul shahrida o‘tayotgan Turkiy kengash sammiti doirasida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Energetika, neft'-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi kasaba uyushma qo‘mitalarining bir guruh faollari taqdirlandi

12.11.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Respublikamizda kasaba uyushmalari kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston energetika, neft'-gaz sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi TTDHK Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

12.11.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Istanbul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy kengash bosh kotibini qabul qildi

12.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahriga kelgach, o‘ziga ajratilgan qarorgohda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag‘dod Amreyevni qabul qildi.

Prezident Istanbulga keldi

12.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun Istanbul shahriga keldi.

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi

11.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sammitida ishtirok etish uchun 11-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.

Namanganda Axsikent va Yangi O‘zbekiston majmualari bunyod etiladi

11.11.2021JamiyatManba: O'zA

Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Axsikent tarixiy yodgorlik majmuasi tarixini o‘rganish va uni keng tadqiq etish yuzasidan mutasaddilarga bir qator topshiriqlar bergan edi.

Avstriya biznes missiyasi doirasida uchrashuv oʻtkazildi

10.11.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Avstriya biznes missiyasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Latviya elchisi bilan uchrashdi

10.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Latviyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Reynis Troksha bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiy kengash sammitida ishtirok etadi

09.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun  11-12-noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi.

O‘zbekiston va Avstriya ishbilarmon doiralarni yaqinlashtirish sari yo‘l olmoqda

09.11.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Avstriya hukumati va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida Toshkentda O‘zbekiston-Avstriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ikki mamlakatdan 100 ga yaqin tadbirkor, savdo-sanoat palatalari va xalqaro moliya institutlari vakillari, shuningdek, O‘zbekiston vazirlik, idora va tarmoq birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Avstriya munosabatlarini chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

09.11.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar Federal vaziri M.Linxart bilan uchrashdi.

Avstriya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv to‘g‘risida

08.11.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2021-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasining Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari 2022-yil O‘zbekistonga tashrif buyuradi

08.11.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT)dagi doimiy vakili, elchi Abat Fayzullayev Venada YEXHTning milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissari (MOOK) Qayrat Abdrahmonov bilan uchrashdi.

USAID Ma’muri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

08.11.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Ma’muri Samanta Pauer bilan telefon orqali muloqot qildi.

MDH Moliya-bank Kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuv

05.11.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorovning MDH Moliya-bank Kengashi Muvofiqlashtiruvchi kengashi Prezidenti Vadim Kumin boshchiligidagi MDH Moliya-bank Kengashi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

05.11.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bugun Bishkekda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi iqtisodiy forum bo‘lib o‘tadi

05.11.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Qirg‘iziston poytaxtida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi.

O'zbekistondagi islohotlar taraqqiyoti bo'yicha Yevropa Ittifoqining delegatsiyasi bilan uchrashuv

05.11.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida Yaqin Sharq/Fors ko‘rfazi va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari, Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Bosh direktorati Sara Rinaldi boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Moliya vazirligi delegatsiyasiga Moliya vaziri o‘rinbosari Axadbek Haydarov boshchilik qildi.

KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

04.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Bola kamolotining ilk kurtaklari nafaqat oilada, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlarida namoyon boʻladi. Ushbu tashkilotlarda taʼlim-tarbiyaviy ishlar sifati hamda samaradorligi, ularda yaratilgan zamonaviy imkoniyat va sogʻlom muhit murgʻak farzandlarimiz taqdirida gʻoyat muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning malakasini oshirib borish muhim hisoblanadi.