O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Eron elchisi bilan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildi
2021-09-24 | Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Eron elchisi Hamid Nayrabodiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Eron hamkorligi kun tartibining dolzarb masalalari, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish natijalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, SHHT doirasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi gumanitar vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi