O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

2022-01-29 | Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbar xodimlari va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimiz bu borada salmoqli yutuqlarga erishdi. Zamonaviy normativ-huquqiy baza yaratilib, iqtisodiyotning strategik tarmoqlariga axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” keng ko‘lamli dasturi amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar ham muhokama qilindi. Vazifalarni batafsil o‘rganish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga qaror qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться