O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo va sarmoyaviy imkoniyatlarga bag‘ishlangan virtual biznes- konferensiya bo‘lib o‘tdi

2022-01-31 | Iqtisodiyot

DEHLI, 31-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo va sarmoyaviy imkoniyatlardan yana-da kengroq foydalanish, yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashish maqsadida “Buyuk ipak yo‘lini qayta kashf qilish” mavzusida virtual biznes- konferensiya tashkil etildi.

Hindistonning “BW Businessworld” va “Trust Legal Advocates & Consultants” kompaniyalari tomonidan ikki mamlakat elchixonalari ko‘magida uyushtirilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston va Hindiston elchilari Dilshod Ahatov va Manish Prabhat, O‘zbekiston Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Oybek Elmurotov, O‘zbekiston-Hindiston turizm uyushmasi raisi Dildora Xo‘jayeva, O‘zbekistonning “Azizov & Partners” advokatlik kompaniyasi direktori Ilhom Azizov, “Tethys Law firm” kompaniyasi rahbari Jahongir Abdurazzoqov hamda 20 nafardan ortiq turli hind kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

Biznes-konferensiyada joriy yil 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan “Hindiston – Markaziy Osiyo” birinchi onlayn-sammiti doirasida ilgari surilgan takliflar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga tadbiq etish imkoniyatlari atroflicha muhokama etildi.

Mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov mazkur sammit doirasida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mintaqaviy hamkorlikning strategik ustuvor yo‘nalishlari sifatida ilgari surilgan tashabbuslari xususida batafsil to‘xtalar ekan, Hindistonning turli sohalardagi ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini keng joriy etishda hind kompaniyalarini yana-da faol bo‘lishga daʼvat etdi.

Hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekistonda Hindistonning yetakchi oliy taʼlim muassasalari filiallari va kasb-hunar taʼlimi markazlarini ochish, ilmiy va akademik almashuvni yo‘lga qo‘yish, innovatsion ishlanmalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash taklif etildi.

Kuni kecha qabul qilingan “O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” doirasida amalga oshirilishi kutilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xorijlik, xususan, hindistonlik sarmoyadorlarga O‘zbekiston hududida biznes yuritishlari uchun yana-da qulay imkoniyatlar yaratishga asos bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat  davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik aloqalarining jadal surʼatlar bilan kengayib borayotgani, bunga ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi hamda O‘zbekistonda hind kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar sonining izchil o‘sib borayotgani yaqqol dalil ekanini qayd etdi.

Tadbir davomida hind ishbilarmon va tadbirkorlariga joriy yilning 24-26 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi. Hindistonlik ishbilarmonlar forumda ishtirok etishga katta qiziqish bildirishar ekan, bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi mamlakatlarimiz tadbirkorlari uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, savdo va sarmoyaviy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan yaqindan tanishishda ulkan imkoniyatdir berishini taʼkidladi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться