O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kutganmidingiz, tayyormisiz? Bugun Pekin-2022 Olimpiadasi rasman start oladi!

2022-02-04 | Sport

Bugun Xitoy poytaxtida dunyo ahli 4 yil kutgan navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. "Qush uyasi" nomini olgan mashhur Milliy stadionda o‘tkaziladigan tantana butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Marosim Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi. Tashkiliy qo‘mita a’zolari unga katta tayyorgarlik olib borgani, musobaqalar tarixidagi eng yorqin marosim bo‘lishini va’da qilishmoqda. Amalda qanday bo‘lishini esa "Sport" telekanalida ko‘rishingiz mumkin.

Yana bir ahamiyatli jihati ushbu marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bevosita stadiondan kuzatib boradi. Mamlakatlar paradida sportchimiz Komiljon To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiyamiz ko‘rinish beradi.

Xullas, bugungi kunning eng yorqin voqeligini o‘tkazib yubormang!

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться