O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ispaniyaning “Gedepsa” promouter-konsalting kompaniyasi vakillari bilan uchraruv
2022-02-08 | Iqtisodiyot
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Ispaniyaning “GEDEPSA” promouterlik-konsalting kompaniyasi bosh direktori Alexandro Moleropo bilan uchrashib, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mis mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, “AGMK” AJ sanoat korxonalari uchun suv tozalash inshootlarini qurish masalasini muhokama qildi.
Alexandro Moleropo yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha investisiya loyihalarini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi va hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi