O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar transport vazirlari tomonidan “Anqara deklaratsiyasi” qabul qilindi
2022-02-04 | Iqtisodiyot
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 11- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish Turkiya raisligida IHT Kotibiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Yig‘ilishda IHTga a’zo davlatlardan tashqari bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasiga Transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qildi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar pandemiyadan keyingi davrda tranzit yuk tashuvlarini yengillashtirish va tiklash imkoniyatlarini muhokama qildi.
Shuningdek, mintaqada yuk tashish barqarorligini oshirish, jumladan, IHT davlatlari orqali yetkazib berish zanjirining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqishdi.
IHTga a’zo davlatlar transport vazirlarining 11- yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Anqara deklaratsiyasi” qabul qilindi.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi