O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiya tashqi siyosat idorasida uchrashuv

2022-01-28 | Siyosat

2022-yil 27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Parij shahrida Fransiya Respublikasi Yevropa masalalari va tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Okeaniya departamenti direktori Bertran Lortolari bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Fransiyaning afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari hamda ushbu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.

B.Lortolari Fransiya va Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan yordamni yuqori baholadi hamda Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston tomoni bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Tomonlar, shuningdek, afg‘on muammosi bo‘yicha xalqaro hamjamiyatning yaxlit pozitsiyasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar.

Fransiya tomoni O‘zbekistonning Termiz shahrida BMT shafeligida afg‘on xalqiga insonparvarlik yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro xab tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Bundan keyin ham Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться