O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv
2022-02-09 | Siyosat
2022-yilning 9-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kan Chje Kvonni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi.
O‘zbekiston TIV rahbari Elchining ikki tomonlama do‘stlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini e’tirof etdi.
Suhbat chog‘ida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, bo‘lajak tadbirlar jadvali va tomonlarni qiziqtirgan sohalarda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish rejalari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan qulay sharoitlar va ko‘rsatilgan ko‘mak uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi