O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Delegatsiya tashrif buyurdi

2022-01-31 | Jamiyat

Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi M.U.Fayzullozoda boshchiligidagi delegatsiya Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillari Boshqarma faoliyati, xususan, “e-Fitouz” dala nazorati monitoringi, “tt.biznesvakil.uz” elektron tizimi, “Assalom agro” elektron platformasi hamda sayyor mobil laboratoriya faoliyati bilan tanishdilar. So‘ngra mehmonlar eksport qilinayotgan mahsulotlarni karantin nazoratidan o‘tkazish jarayonlari hamda ularga xalqaro fitosanitar sertifikatlarni rasmiylashtirish va tashqi karantin sohasiga oid boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Shu bilan bir qatorda, tojikistonlik mutaxassislar akkreditatsiyadan o‘tgan fitosanitariya laboratoriyasini ko‘zdan kechirdilar. Ular laboratoriyaning zamonaviy jihozlanganligi va ish jarayoni talab darajasida ekanligiga alohida e’tibor qaratishdi. Ayniqsa, zararlangan namunalarning olib kelinishi hamda entomologik, fitopatologik, gerborlogik ekspertiza o‘tkazish jarayonlari, xususan, hasharot va kasalliklarni laboratoriya sharoitida tezkor indentifikatsiya qilish, o‘ta xavfli zararli organizmlarni belgilangan usullardan foydalangan holda aniqlash kabi ish jarayonlaridagi ko‘rgazmali namunalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, laboratoriya jihozlarini sterilizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonida zamonaviy uskunalardan foydalanilayotganligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv so‘nggida Tojikiston delegatsiyasi vakillari sohani rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik rishtalarini yana mustahkamlash bo‘yicha fikr va takliflarini bildirdi.

 

Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi

Axborot xizmati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Поделиться