O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hokimlikda Pokistonning Panjob provinsiyasi delegatsiyasi qabul qilindi

2022-02-09 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Pokiston Islom Respublikasining Panjob provinsiyasi gubernatori Choudri Muhammad Sarvar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Delegatsiya tarkibida  yirik kompaniya va nufuzli oliy o‘quv yurtlari rahbarlari bo‘lib, xususan, “Fatima Group of Industries” kompaniyasi bosh direktori  Favad Muxtar,  “Lake City Holdings” kompaniyasi asoschisi Goxar Idjaz,  “Orient Group of Industries” kompaniyasi bosh direktori Mian Talat, “Ghani Glass Float” kompaniyasi bosh direktori Anvaar A Gani, Lahor universiteti raisi Avays Rauf shular jumlasidandir.
 
Jahongir Ortiqxo‘jaev Prezident Shavkat Mirziyoevning Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan uchrashuvidan keyin aloqalar mustahkamlanib borayotganligini, shuningdek, davlatimiz rahbari 2020-yil 29-dekabrda mamlakat parlamentiga yo‘llagan Murojaatnomasida asosiy xorijiy sheriklardan hisoblangan Pokiston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirilishini alohida qayd etganini ta'kidladi. 
 
 O‘z navbatida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zining ijobiy samarasini berayotganligini e'tirof etib, bugungi kunda Toshkentda  100 dan ziyod pokistonlik tadbirkor faoliyat ko‘rsatayotganligi ham aloqalarimiz mahsuli  ekanligini aytdi. Shu bilan birga bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari davrida bunyod etilgan arxitektura yodgorliklariga xalqimizning qiziqishi kattaligini mamnuniyat bilan qayd etdi. 
 
J. Ortiqxo‘jaev Panjob provinsiyasining iqtisodiy imkoniyatlariga yuqori baho berib, barcha sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini, xususan, elektronika, IT, turizm, to‘qimachilik, tadbirkorlik, zamonaviy ta'lim dasturlari,  Bobur davrida qurilgan arxitektura yodgorliklarini o‘rganish yuzasidan ikki davlat mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqligini ta'kidladi.
 
Ma'lumot o‘rnida qayd etish joiz, Lahor shahri Boburiylar saltanatining  birinchi poytaxti bo‘lgan davrda Panjob   birmuncha yuksalgan. Bugun Panjobning ko‘pgina hududlarida Bobur va uning avlodlari davrida bunyod etilgan madaniy va arxitektura yodgorliklarini ko‘rish mumkin.
 
Panjob sanoati rivojlangan yirik provinsiya hisoblanib, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar bo‘yicha mamlakat milliy yalpi ichki mahsulotining 59 foizga yaqini mazkur hudud ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Panjobda og‘ir texnika, sport, elektr, jarrohlik buyumlari, transport vositalari, avtomobil' ehtiyot qismlari, metall, shakar, samolyotlar, sement, qishloq xo‘jalik texnikalari, velosipedlar va oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi.      
 
Choudri Muhammad Sarvar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotganligidan mamnunligini,  Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlarini alohida qayd etib, barcha sohalarda hamkorlik qilish va tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.    
 
Kelgusida Lahor universitetiga o‘zbekistonlik 30 nafar talabaga stipendiya belgilanishi, joriy yilning may oyida Panjobning yetakchi 100 kompaniyasi rahbarlarini O‘zbekistonga biznes imkoniyatlarini kengaytirishni ko‘rib chiqish uchun yuborishini bildirdi. Shuningdek, Boburiylar davrida bunyod etilgan arxitektura yodgorliklari bo‘yicha tajriba almashish maqsadida malakali me'morlarni yuborish to‘g‘risidagi taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться