O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya ilmiy-tadqiqot korxonasi bilan urug'chilik sohasida memorandum imzolandi

2022-10-04 | Iqtisodiyot

3 oktyabr` kuni Budapesht shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Vengriyaning "MARTON GENETICS" o'rtasida o'simliklar navlarini tadqiq etish va saqlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va "MARTON GENETICS" kompaniyalar guruhi ijrochi direktori Andrash Shandorfi imzoladilar.

Memorandum qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ishlatiladigan yangi o'simlik navlarini (bug'doy, tritikale, arpa, kolza, no'xat, makkajo'xori va boshqa ekinlarni) sinovdan o'tkazish bilan bog'liq sohalarda o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida tuzildi. Hamkor tomonlar innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish orqali O'zbekistonda makkajo'xori va boshqa haydaladigan ekinlar urug'chiligini rivojlantirish hamda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishga kelishdilar.

Hujjatda biotexnologiya sohasida hamkorlik qilish, tajriba almashish, birgalikda mutaxassislarni tayyorlashni, qo'shma ilmiy-innovatsion loyihalarni bajarish hamda  hamda O'zbekistonda qo'shma urug'chilik kompaniyasini tashkil etish ko'zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться