O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisiga «Turizm fidoiysi» ko'krak nishoni topshirildi
2022-09-29 | Jamiyat
“Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazidagi Kongress-xollda “Butunjahon turizm kuni”ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda an'anaviy tarzda, O'zbekistonda turizmni rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shgan san'at va madaniyat arboblari, turizm sohasi, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan iborat 47 nafar laureat “Turizm fidoyisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari masalalari bo'yicha maslahatchisi, vazirlik huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi raisi Rahimov Bobur Kamolovich smart texnologiyalar va innovatsion loyihalarni jadal rivojlantirish, mamlakatimiz tarixiy merosini ommalashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qo'shgan hissasi uchun “Turizm fidoyisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi