O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
ICBA bilan hamkorlikdagi Orolbo'yi hududida qishloq xo'jaligini rivojlantirish dasturi muhokama qilindi
2022-09-08 | Ekologiya
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Qurg'oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazida (ICBA) bo'lib o'tdi. Unda I.Abdurahmonov markaz bosh direktori Tarifa Al-Zaabi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar 5,1 million AQSh dollari qiymatiga ega bo'lgan ikki tomonlama imzolangan Orolbo'yi hududida qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish tafsilotlarini muhokama etdilar. Shuningdek, Orolbo'yi hududida qurg'oqchilik va suvsizlikka chidamli o'simlik navlarini etishtirish va ulardan qishloq xo'jalagida foydalanish bo'yicha qo'shma izlanishlarni tashkil etish va buni hamkorlikda moliyalashtirish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga kelishib oldilar.
Shuningdek, delegatsiya a'zolari 100 gektar maydonda joylashgan ICBA tadqiqot uchastkalari va laboratoriyalar faoliyati, ularda amalga oshirilayotgan sinov ishlari va yangi texnologiyalar bilan tanishdilar.
Tashrif davom etmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi