O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy media assotsiatsiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi o'rtasila Hamkorlik memorandumi imzolandi

2022-10-26 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda O'zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Sherzod Qudratxo'ja o'rtasida “Hamkorlik memorandumi” imzolandi. 

Mazkur hujjat doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022−2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan Milliy media dasturda belgilangan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish, O'zbekistonda uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ilmiy va innovatsion faoliyat ustuvor ahamiyat kasb etishini jamoatchilikka tushuntirish, mamlakat olimlari tomonidan turli sohalarda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarning mazmun mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish hamda yoshlar, talabalar orasida ilmiy-innovatsion faoliyatga jalb etish vazifalarini amalga oshirish belgilangan.

Memorandum doirasida O'zMMAga a'zo teleradiokanallarda Vazirlik bilan hamkorlikda ilmiy-innovatsion faoliyatga bag'ishlangan ko'rsatuvlar, O'zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga qaratilgan, tizimda erishilayotgan yutuqlari to'g'risidagi taqdim etilgan materiallarni efirga uzatish ko'zda tutilgan.  

Bundan tashqari, O'zMMA a'zo teleradiokanallarda turli xil intellektual ko'rsatuvlar va radioeshittirishlarni yo'lga qo'yish, ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni jalb etish maqsadida turli xil media loyihalar ishlab chiqish, innovatsion g'oyalar haftaligi, shu jumladan hududlarda o'tkaziladigan innovatsion yarmarkalarda taqdim etilgan ilmiy ishlanmalarni keng targ'ib qilishda media hamkorlikni amalga oshirish belgilangan.
Tadbirda O'zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati, unga a'zo nodavlat teleradiokanallar vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться