O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi o'rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi
2022-10-28 | Sog‘liqni saqlash
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palata raisi Mirazim Mirtalipov imzoladi.
Hamkorlik memorandumi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar va ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlaridagi tadqiqotchilarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida imzolandi. Unga ko'ra hamkorlikda yangi istiqbolli ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish ham ko'zda tutilgan.
Aholiga tibbiy yordam ko'rsatish sifatini oshirish, cog'liqni saqlash tizimiga oid mavjud muammolarni aniqlash, ularning ilmiy echimini ta'minlashda loyihalar va chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish hamda ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishda zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha ham birgalikda ish olib borishiga kelishildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi