O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiy davlatlar tashkiloti: InnoWeek.uz haftaligida aqlli shaharlar uchun echimlar

2022-10-22 | Innovatsiya

InnoWeek.uz – 2022 xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida “Aqlli shaharlar” mavzusida IT-mutaxassislari uchun ekspertlar konferentsiyasi bo'lib o'tdi. 

Unda O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Shahlo Turdiqulova “Aqlli shahar”ni yaratishdan ko'zlangan muhim maqsadlardan biri aholining turmush sifatini yaxshilash, xizmat ko'rsatish samaradorligini oshirish va aholi ehtiyojlarini qondirish ekanini ta'kidladi.

“Aqlli shahar” loyihasi butun dunyo bo'ylab ko'plab mamlakatlar duch kelayotgan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal etishning samarali usuli sifatida qo'llanilayotgan yangi texnologiyalarning joriy etilishi davrida, ayniqsa, dolzarb ahamiyatga ega. Joriy yilda Prezidentning “2022–2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori imzolandi. Uning muhim yo'nalishlaridan biri – “aqlli” tibbiyot, transport, aloqa, qishloq xo'jaligi, energetika tizimi va mahalla kabi texnologiyalar hamda IT-echimlarni joriy etish bo'ldi. Innovatsion hududga aylantirish uchun O'zbekiston bo'ylab 28ta tuman tanlab olindi. Bu hududlarni innovatsion tumanga aylantirishda zamonaviy texnologiyalar, ayniqsa, “aqlli shahar” muhim ahamiyatga ega.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlangan yana bir loyiha Koreya Respublikasi Er, infratuzilma va transport vazirligi bilan hamkorlikdagi loyihadir. Uning maqsadi bosh rejani ishlab chiqish va Toshkent shahrining Bektemir tumanida “aqlli shahar” loyihasini amalga oshirishdan iborat. Bosh rejada ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida zamonaviy shahar xo'jaligi va qurilish ob'ektlarini yaratish ko'zda tutilgan va bugungi kunda urbanizatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarga samarali echimlar taklif etilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться