O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vazirligida BAA sun'iy intellekt texnologiyalari ko'rgazmasi tashkil etiladi.
2022-09-08 | Innovatsiya
Dubay shahriga ishchi safari davomida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Kun davomida Innovatsion rivojlanish vaziri BAA Sun'iy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofiq ish ilovalari vaziri idorasi ijrochi direktori Saqr Bingxalib bilan uchrashdi. Saqr Bingxalib 2017 yili bu sohada 8 ta asosiy yo'nalish bo'yicha ish boshlanganini ta'kidlab, BAAda sun'iy intellekt bo'yicha xalqaro oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari tajribasi joriy etilgan universitet faoliyati haqida ma'lumot berdi.
Tomonlar sun'iy intellekt bo'yicha o'zbekistonlik yosh olimlarga treninglar, malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi haqida kelishildi. Shuningdek, bolalar uchun sun'iy intellekt yo'naltirilgan yozgi lager` haqida so'z borib, vazirlik doim bunga ahamiyat qaratishi qayd etildi. Mazkur dasturga sun'iy intellekt bo'yi cha dunyodagi etakchi mutaxassislarini jalb etish imkoniyatlari bo'yicha ma'lumot almashildi. Vazirlik innovatsion rivojlanish vazirligi binosining ko'rgazmalar zalida doimiy faoliyat yurituvchi ko'rgazmada BAAning sun'iy intellekt sohasidagi ishlanmalari, mahsulotlari burchagini tashkil etishga kelishildi.
Shuningdek, mazkur markazning «Future Lab» kelajak laboratoriyasida yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Robototexnika va boshqa texnologiyalarga qiziquvchi yoshlarning qisqa muddatli malaka oshirish va tanishuv dasturlariga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi