O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O'zbekiston- Turkmaniston” xalqaro qo'shma ilmiy loyihalar tanlovi
2022-10-14 | Iqtisodiyot
Joriy yil yakuniga qadar O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Turkmaniston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov yo'nalishlari:
- energiya va energiya tejamkor texnologiyalar;
- tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;
- farmatsevtika va farmakologiya;
- nano- va biotexnologiyalar;
- kimyo texnologiyalar;
- yangi materiallar;
- raqamli iqtisodiyot;
- oziq-ovqat xavfsizligi;
- qishloq xo'jaligi;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
- tabiiy ofatlarni bashoratlash va ularni oqibatlarini bartaraf etish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanish;
- er osti boyliklarini qazib olish texnologiyasi.
Tanlovga loyihalar 2023-yilning yanvar oyidan qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilotlar Turkmaniston tomonidan hamkor ilmiy tashkilot topishlari va loyiha g'oyalarini kelishishlari, tanlov e'lon qilinganidan so'ng mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim.
Tanlov muddati, shartlari va shakllari vazirlik rasmiy veb-sahifasining tanlovlar ruknida e'lon qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotni +998712033223(540) raqami orqali olish mumkin.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi