O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqil O'zbekiston – innovatsion taraqqiyot yo'lida

2022-08-25 | Innovatsiya

Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasi tomonidan amaliy seminar tashkil etildi. Tadbir Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda yangicha formatda tashkil etildi.

«Yangi O'zbekistonda el aziz, inson aziz!» shiori ostida Mustaqillik bayramining 31 yilligiga bag'ishlab tashkil etilgan ushbu seminar “Mustaqil O'zbekiston – innovatsion taraqqiyot yo'lida” mavzusiga bag'ishlandi.

Tadbirda Parlament quyi palatasi vakillari, vazirlik mas'ul xodimlari, olimlar, ixtirochilar va ilmiy tadqiqot bilan shug'ullanuvchi yoshlar ishtirok etdi.

e'tirof etildiki, mamlakatni innovatsion rivojlantirishga hamda jamiyatda intellektual va texnologik salohiyatni oshirishga qaratilgan muhim davlat siyosati yo'lga qo'yilganiga ko'p bo'lgani yo'q. Innovatsion g'oyalar va yangi texnologiyalar asosida iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish maqsadida 2017-yilda O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan edi. Besh yildirki, vazirlik innovatsion g'oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish masalalari bo'yicha davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va axborot-tahlil muassasalari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko'rsatib bormoqda.

Qisqa davrda ko'plab natijalarga erishildi. Jumladan, 2018-2022 yillarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 44 ta investitsiya loyihalari uchun 58,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag'lari (bundan 33,1 mln. dollar xorijiy investitsiya) jalb qilindi. 372 ta ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirildi, bunda 235,3 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi hamda 228,8 mlrd. so'mlik xizmatlar ko'rsatildi, qariyb 80 mlrd. so'mlik 105 ta startap-kompaniyalarga asos solindi.

Alohida qayd etish mumkinki, 2019-2021 yillarga mo'ljallangan «O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasi»ning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi barobarida respublikamiz 81 ta indikator bo'yicha baholanadigan Global innovatsion indeksi reytingida 2015-yilga nisbatan 36 ta pog'onaga ko'tarilib, 2021-yilning sentabr oyida e'lon qilingan O'zbekiston GII reytingida 132 davlat orasida 86 o'rinda qayd etildi.

Bu kabi natijalar, albatta, yaratilgan sharoit va omillar bilan bog'liq. Ya'ni, bugunga kelib, mamlakatda innovatsiya va ilm-fan sohalariga Davlat byudjetidan ajratiladigan yillik mablag'lar hajmi 2018 yilga nisbatan 3 baravarga oshib, 1,5 trln. so'mga etdi. Natijada, yurtimizdagi yosh olimlar soni 2022-yilda 10,8 ming nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Respublika miqyosida biznes-inkubator, texnopark, biznes-aksselerator, kovorking markazi kabi 19 ta yangi innovatsion infratuzilmalar tashkil etildi. Innovatsion rivojlantirishni raqamlashtirishga oid 8 ta axborot tizimi (grant.mininnovation.uz, ias.gov.uz, nsp.gov.uz, anjumanlar.uz, phd.mininnovation.uz, antiplag.uz, innoweek.uz, slib.uz) joriy etildi.

Ayni davrda umumiy qiymati salkam 1,2 trln. so'mlik 784 ta mahalliy hamda 98,3 mlrd. so'mlik 98 ta teng sheriklikdagi xalqaro qo'shma loyihalar tanlab olinib, shakllantirildi davlat dasturi asosida ularning bajarilishi ta'minlanmoqda.

Mazkur yo'nalishda qabul qilingan «2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasi» barcha islohotlarni o'zida qamrab olgan muhim hujjat sifatida vazifalarni manzilli amalga oshirish imkoniyatini yaratmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan Qonunchilik palatasi deputatlari sohaga oid qonunchilik tashabbuslari va huquqiy bazani yanada takomillashtirishga oid islohotlarni ham e'tirof etdilar.

O'tgan besh yilda ilm-fan va innovatsion faoliyatga oid jami 80 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, qonunchilik amaliyoti ham takomillashdi. Xususan, Parlament tomonidan 2 ta Qonun qabul qilindi («Innovatsion faoliyat to'g'risida», «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida»). Shuningdek, Prezident tomonidan qabul qilingan 6 ta Farmon hamda 28 ta qaror, shuningdek Hukumatning 37 ta qarori va 7 ta farmoyishi hayotimizga keng tatbiq qilindi. Natijada sohada raqobat, manfaatdorlik va javobgarlik muhiti shakllandi.

Seminarning amaliy qismida deputatlar innovatsion texnoparkda bo'lib, yangi ishlanmalar, ixtirolar va ijtimoiy-iqtisodiy istiqbolli loyihalar bilan tanishib, loyiha egalari va ijrochilar bilan bevosita savol-javoblar olib bordilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться