O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashi yig'ilishi doirasida Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik o'rnatildi.

2022-10-19 | Innovatsiya

Sun'iy intellekt bo'yicha maslahat kengashining birinchi yig'ilishida Kengash raisi B.Raximov va AMITI universiteti direktor o'rinbosari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjatga ko'ra nazariy va amaliy bilimlarni uyg'unlashtirish, tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish orqali IT sohasi uchun zarur bo'lgan etuk kadrlarni tayyorlash hamda umumiy o'rta ta'lim maktablarida informatika yo'nalishi bo'yicha 25 nafar o'qituvchi-kadrlar uchun qo'shma malaka oshirish kurslarini tashkil etishga kelishildi. 

Hamkorlik doirasida, avvaliga, bir oy mobaynida umumiy o'rta ta'lim maktablarida faoliyat yurituvchi fidoyi kardlarni tanlab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, olti oylik maxsus kurs davomida ularga sun'iy intellekt sohasida malaka oshirish imkoniyati yaratiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться