O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vaziri Saudiya Arabistoni ta'lim vaziri bilan uchrashdi

2022-08-23 | Ta’lim

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Saudiya Arabistoni Talim vaziri Hamad bin Muhammad Al Al-Shayh (Hamad bin Mahammed Al Al-Sheikh) bilan muzokaralar olib bordi. Ikki mamlakat vazirlari innovatsiyalar bo'yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilib, yurtimiz oliy ta'lim muassasalarining innovatsiyalar bo'yicha prorektorlari uchun maxsus kurslarni tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Saudiya Arabistoni ta'lim vaziri o'zbekistonlik olimlarning gumanitar sohadagi, xususan, islomshunoslik bo'yicha tadqiqotlariga yuqori baho berib, mazkur yo'nalishda qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish fikrini ilgari surdi. Innovatsion rivojlanish vaziri aniq fanlar bo'yicha hamkorlik masalasiga alohida urg'u berdi.

O'z navbatida, O'zbekistonlik yosh olimlarni Saudiya Arabistoniga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga jo'natish bo'yicha ham taklif berildi. Bu masala Saudiya Arabistoni tomonidan ko'rib chiqilishi va muzokaralar ishchi tartibda davom ettirilishiga kelishildi.

Tomonlar, shuningdek, oktyabr` oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan InnoWeek.uz-2022 Innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida O'zbekiston-Saudiya Arabistoni ilmiy forumini tashkil etish va bu tadbirga Saudiya Arabistoni olimlarini taklif etish masalasini muhokama qildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться